wrapper

Namangan shahridagi “Angor”, “Orzu”, Mingbuloqdagi “Qiziltol”, Kosonsoydagi “Buloq”, Popdagi “Navbahor” va “Qo‘shtepa” postlari tugatildi

 

Namangan viloyatida hozirga qadar 16 ta post, shu jumladan, 3 ta yo‘l-patrul xizmati posti, 6 ta nazorat maskani va 7 ta hamkorlikdagi blok-post maskanlari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, viloyatlararo savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida mazkur postlardan ayrimlarining faoliyati to‘xtatildi.

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhining ma’lum qilishicha, boshqarmaning sohaviy xizmatlari xodimlaridan iborat komissiya tomonidan mavjud postlarning ahamiyati va samaradorligi o‘rganib chiqilgan. Komissiya xulosasiga asosan Namangan shahridagi “Angor” yo‘l-patrul xizmati, “Orzu” nazorat maskani, Mingbuloq tumanidagi “Qiziltol”, Kosonsoy tumanidagi “Buloq”, Pop tumanidagi “Navbahor” va “Qo‘shtepa” nazorat maskanlari faoliyati maqsadga muvofiq emas deb topildi. Mazkur 6 ta post tugatilib, transport vositalarining erkin va to‘siqsiz harakatlanishiga imkoniyatlar yaratilidi.