wrapper

Namangan shahrida kapital rekonstruksiya qilinib, mukammal ta’mirdan chiqarilgan “Do‘stlik uyi” Konstitutsiyamizning 25 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirildi.

 

Bugungi kunda viloyatimizda 80 dan ortiq millat vakillari ahil-inoq istiqomat qilmoqda. Ularning 230000 dan ziyodi tojik, 22000 dan ortig‘i qirg‘iz, 12000 dan ziyodi rus, 3000 dan ortig‘i koreys millatiga mansub. Rus, qirg‘iz, tojik, koreys milliy madaniy markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning jamiyatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni yanada ravnaq toptirishda ahamiyati katta.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov mamlakatimizda tili, diniy e’tiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha millatlar emin-erkin, ahillikda yashashi uchun davlatimiz tomonidan zarur sharoit yaratilganini alohida ta’kidladi. Tadbir ishtirokchilarini qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, quruvchilarga va bu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shgan tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

“Do‘stlik uyida” da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Uning jihozlanishi, binoning fasad qismi va hovlisining do‘stlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni o‘zida aks ettirgan hikmatli so‘zlar bilan bezatilishi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tadbir doirasida viloyat milliy madaniy markazlari tomonidan amaliy san’at va xalq badiiy hunarmandligi, turli tillardagi tarixiy, badiiy, publitsistik kitoblar ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Ayni kunlarda viloyatimizda bunday bayram ob’ektlarining ochilishi davom etmoqda.

@axborotxizmati