wrapper

Ma’lumki an’anaga ko‘ra har yili mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi. Kasb bayramlarini doimo katta yutuqlar bilan kutib olishga odatlangan salomatlik posbonlari 12 noyabr kuni Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuiga taklif etildilar. Viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xayrullo Bozarov bayram ishtirokchilarini qutlar ekan, ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-extirom bilan tilga oldi.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qator qaror va farmonlari bilan amalga oshirilayotgan tibbiy islohotlar samaradorligini ta’minlash borasidagi muxim vazifalarga e’tiborni qaratdi.  

 Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Solijon Muminov ham kasbdoshlarini qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etdi.

 So‘ngra bir guruh ilg‘orlarga viloyat xokimining hamda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining mukofatlari tantanali ravishda topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni, Faxriy yorliqlar va  qimmatbaho sovg‘alar bilan siylangan shifokorlar bunday yuksak ardoq uchun Prezidentimizga hamda viloyat xokimiga minnatdorchiliklar izxor qilishdi.

 Tantanaga san’atkorlarning dilrabo kuy qo‘shiqlari yanada fayz qo‘shdi.