Soʻnggi yillarda mavjud suv va tabiiy gaz resurslaridan tejamli va samarali foydalanish hamda sohada kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur sohada samarali ish tashkil etish maqsadida Namangan shahar suv taʼminoti MCHJ boʻlimi tasarrufidagi “Kurashxona” suv olish va uzatish inshootida 2023 – 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha zaxira taʼminoti koʻrib chiqildi.

Mazkur tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilgan nazorat-koʻrik tadbirida qatnashgan Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov kuz-qish mavsumida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday favqulotda yuzaga keladigan holatlarda operativ ish tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Bunda shahar rahbari asbob-uskunalarning, shuningdek, taʼmirlash jarayonida ishlatiladigan sozlash va butlash qismlarida muammolar yuzaga kelmasligiga asosiy eʼtibor qaratilishini qatʼiy nazorat ostiga olinishini aytdi.