Namangan shahridagi soy va kanallar qirgʻoqlarini obodonlashtirish, xiyobon-yoʻlkalarga aylantirish boʻyicha keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Shahrimizdagi soy va kanallarning umumiy hisobda 14 km. soy va kanallar qirgʻoqlari obodonlashtirilib, xiyobon-yoʻlkalarga aylantirildi. Soy boʻyi atroflaridagi belgilangan hududlarda bunyod etilgan sogʻlomlashtirish yoʻlaklari aholi xizmatida.

Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov ishchi guruh ishtirokida “Gʻisht koʻprik” mahallasi hududidan oqib oʻtgan Namangansoyning quyi qismida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Masʼullarga soy atrofini obodonlashtirish, tartibga keltirish va xashar ishlariga mahalla aholisini ham tashabbusi bilan ishtirok etishlari yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berildi.