wrapper

Tobora yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 26 yillik bayramini munosib qarshi olish maqsadida Namanganda ham turli tadbirlar, musobaqalar boshlab yuborildi.

 Viloyat “Suvoqava” Davlat unitar korxonasi ishchi-xodimlari o’rtasida o’tkazilgan mini futbol bo’yicha spartakiada ham “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida o’tgani bunga misol bo’la oladi. Shahar hokimi, viloyat “Suvoqava” Davlat unitar korxonasi raxbari, mutasaddi vakillar ishtirok etgan ochilish marosimida so’zga chiqganlar, mana shunday musobaqalarning o’tkazilishi ishchi-xodimlar o’rtasida do’stlik va tajriba almashishdagi hamkorlikni yanada yangi bosqichga ko’taradi deya ta’kidlashdi.

Shundan so’ng musobaqaga start berildi. 16 ta jamoa a’zolari qur’a tashlash natijalari bo’yicha jamoaviy tarzda o’yinlarga kirishishdi. Musobaqa qizg’in va murosasiz baxslarga boy bo’ldi. Yakunda g’olib va faol ishtirok etgan jamoalarga kubok hamda esdalik sovg’alari topshirildi.