wrapper

Avval ta’kidlab o’tkanimizdek Namangan shahridagi barcha qabristonlarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari qizg’in olib borilmoqda.

 Bugun erta tongdan shahrimizdagi “Yaxudiy ”, “Evropaliklar” hamda “Mashad” qabristonlarida mahalla fuqarolar yig’inlari faollari, barcha tashkilot va muassasalardan kelgan, ko’ngilli 2800 mingdan ziyod hasharchilar yig’ilishdi.

“Yaxudiy” qabristoni shahrimizdagi “8-mart” ko’chasida joylashgan bo’lib 2ta yirik yo’laklardan iborat, ja’mi maydoni 1,04 gektarni tashkil etadi.

“Evropaliklar” qabristoni esa Namangan shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” ko’chasida joylashgan bo’lib, 2ta yirik yo’laklardan iborat, ja’mi maydoni 6,5 gektarni tashkil etadi.

 “Mashad” qabristoni shahrimizdagi “Bodomzor” ko’chasida joylashgan bo’lib, 5 yo’lakdan iborat, ja’mi 9 gektarni tashkil etadi.

Hasharchilar qabristonlarda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib borib, qabrlar atrofini va yo’laklarni begona o’tlardan tozalashdi, daraxtlarga shakl berishdi hamda lotok ariqlar, bordyurlar tozalanib oqlandi.

Bugun o’tkazilayotgan hasharda yosh-u qari yuqori kayfiyat va shijoat bilan mexnat qilishmoqda.

Bunday hasharlar shahrimizning barcha qabristonlarida bo’lib o’tadi.