wrapper

Shu kunlarda Namangan shahrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 27 may kuni bo’lib o’tgan o’ninchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar, muhokama etilgan masalalar mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida  senatorlar va deputatlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, muloqotlar bo’lib o’tmoqda.

           Ana shunday tadbirlardan biri Namangan yuridik kolleji majlislar zalida tashkil etildi.Unda shu huddudagi “To’quvchi”, “Mustaqillik”, “Navbahor”, “Navro’z”,”Xalqlar do’stligi”, ”Porloq” kabi o’ndan ortiq mahalla fuqarolar yig’inlari vakillari ishtirok etdilar.

          Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Feruza Jalalova, O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba G’affarovalar Oliy Majlis Senatining o’ninchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar haqida tushuncha berdilar.  Jumladan, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)”gi O’zbekiston Respublikasi  qonuni haqida to’xtaldilar. Bu qonun  2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan sud-huquq sohasini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, sudyalar lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish ko’zda tutilganini ta’kidladilar.

 Shuningdek, ular  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi farmonlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to’g’risida”gi, “Parlament nazorati to’g’risida”gi, “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi,“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, ”Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi hamda “Vasiylik va homiylik to’g’risida”gi qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilayotganligini izohlab berdilar.

          Uchrashuv yakunida ushbu qonunlarni hayotga tadbiq etishda barcha fuqarolar faol bo’lishlari, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni  barqaror saqlash, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, yoshlar tarbiyasi, to’y va marosimlarni tartibli o’tkazish, oilaviy biznesni yo’lga qo’yish, yangi ish o’rinlari yaratish, tomorqalardan samarali foydalanish kabi ishlarda munosib hissa  qo’shishlari lozimligi  ta’kidlandi.