wrapper

2 iyun kuni Namanganda "Namangan shahrining 2018-2020 yillarga mo'ljallangan o'rta muddatli byudjetini ishlab chiqish" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. Tadbir Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamda BMTTD "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash/2-bosqich" loyihasi moliyaviy ko'magida tashkillashtirildi.

 

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Namangan viloyat moliya boshqarmasi, Namangan shahar moliya bo'limi mutahassislari, BMTTD loyiha mahalliy konsultantlari hamda 30-dan ortiq maktab, maktabgacha ta'lim, tibbiyot birlashmalari va byudjetdan mablag' olmaydigan tashkilotlar iqtisodchilari va xisobchilari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad Yevropa tajribasi asosida Namangan shahrining o'rta muddatga mo'ljallangan 3 yillik byudjetini ishlab chiqish va uni pilot hudud sifatida Namangan shaxrida amalga oshirishdir.

Seminar davomida o'rta muddatga byudjetni rejalashtirish afzalliklari va kamchiliklari, o'rta muddatli byudjetning hududlarni rivojlantirish strategiyasi bilan bog'liqligi va bu sohada chet el tajribasi, Namangan shahrining 2018-2020 yillarga mo'ljallangan o'rta muddatli byudjetini ishlab chiqish va joriy etish, uni xalq bilan muhokama qilish mexanizmi, xalq deputatlari kengashi tomonidan ko'rib chiqilishi va tasdiqlanishi, byudjetining asosiy moddalari va ularning tarkibi metodologiyaning asosiy yo'nalishlari to'g'risida atroflicha tushuntirish olib borildi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki seminar-trening ishtirokchilari amaldagi byudjet jarayonidan o'rta muddatli byudjetga o'tish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egalladilar, o'rta muddatli byudjet metodologiyasi va ilg'or evropa tajribasi bilan tanishdilar. O'zlari qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va taklif mulohazalarini bildirdilar.