wrapper

Namangan shahar hokimligi Axborot xizmati

Farhod Mamadaliyev

 Axborot Xizmati rahbari

 e-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 tel: +(998)69 227-06-61

 Skype: spnamangan

Farhod Mamadaliyev 1980 – yil 29 iyulda tavallud topgan.
2002-yilda O’zbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetini tamomlagan.
2000-yildan horijiy tashkilotlarning vakolathonasida o’zining ilk ishini boshlagan.
2004-yildan 2010-gacha Namangan viloyati SHARQ teleradiokompaniyasida tarjimon, muhbir va bosh muharrir vazifalarida ishlagan. 2010-2011 yillarda Namangan viloyati teleradiokompaniyasida katta muharrir vazifasida ishlagan.
2011-yil sentyabr oyidan boshlab NAMANGAN SHAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI rahbari lavozimida ishlamoqda.

MAQSAD:

Namangan shahar Hokimligi hususida aholiga axborot berish orqali uning potentsialini mustahkamlash, shahar jamoatchiligi ko’z o’ngida obro’ – e’tiborini oshirish.

VAZIFALAR:

  • matbuot konferensiyalari, brifinglar o’tkazish;
  • shahar hokimi va hokimlikning boshqa mansabdor shaxslarining televideniye, radio orqali jonli muloqotini uyushtirish;
  • gazetada maqolalar chop ettirish;
  • hokim va o’rinbosarlarining jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil qilish va ularni OAVlarda yoritish;
  • internet, telefon, SMS va boshqa vositalar yordamida aholining hokimiyat faoliyati, ko’rsatayotgan davlat hizmatlari to’g’risidagi savollarga tezkorlik bilan javob qaytarish;