wrapper

Xalqaro shartnoma va memorandumlar

Koreya Respublikasining Songnam shahri bilan O’zbekiston Respublikasining Namangan shahri o’rtasida hamkorlik tog’risida anglashuv memorandumi 

   Songnam shahri va Namangan shahri, bundan buyonTomonlar deb ataluvchilar, o’zaro xurmat tamoyillariga asoslangan holda o’zaro anglashuv va do’stona aloqalarni o’rnatishni rag’batlantirish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, tenglik va o’zaro manfaatdorlik asosida uzoq muddatli iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni rivojlantirish istagida, quyidagilar to’g’risida kelishdilar:

   1 -modda – Tomonlar o’zarolik va tenglik asosida, ikkala shaharlarning rivojlinishi bo’yicha ma’lumotlar  almashinuvini amalga oshiradilar. Tomonlar iqtisod, madaniyat, sog’liqni saqlash, turizm, sport, ta’lim, ilmiy texnologiyalar kabi sohalarda keng qo’lamli aloqalarni o’rnatadilar.

   2-modda – Tomonlar ishlabchiqarish, aloqa, transport, tashqi savdo va xizmat ko’rsatish sohalarida uzoq  muddatli hamkorlikni, shuningdek har ikki shaharlarning tashkilotlari o’rtasida biznes aloqalarni rivojlantirishga ko’maklashadilar.

   3-modda – Ikki shaharning xududiy iqtisodiy rivojlantirishga hissa qo’shish maqsadida Tomonlar ikkala shaharlar kompaniyalarining o’zaro aloqalarini jadallashtirish uchun aniq xarakatlarni olib borishadi. Yangi texnologiyalar almashinuvi yuzasidan savdo ko’rgazmalari o’tkaziladi.

   4-modda – Tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalar bo’yicha fikrlar almashish va do’stlikni o'rnatish maqsadida, boshqa shaharlarga muntazam ravishda tashrif buyuradilar va har ikki shaharlarning munitsipal tashkilotlari, maktablari, institutlar, kompaniyalar va xususiy tashkilotlar o’rtasidagi uchrashuvlarni qo’llab-quvvatlaydilar.

   5-modda – Ushbu Memorandumga Tomonlarning roziligiga ko’ra mazkur Memorandumining ajralmas qismi  hisoblanuvchi yozma protokollar bilan rasmiylashtiriladigan o’zgartish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin.

   6-modda - Ushbu Memorandum imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va besh yil muddat davomida amal qiladi. Agar Tomonlardan biri ikkinchisini o’zining Memorandumni bekor qilish niyati to’g’risida Memorandum muddati tugashidan kamida olti (6) oy oldin yozma shaklda xabardor qilmasa, uning amal qilish muddati o’z-o’zidan keying besh yillik davrlarga uzayaveradi.

   Ushbu Memorandum amalining to’xtatilishi, uning amal qilishi davrida boshlangan va to’xtatilishi sanasigacha tugallanmagan dasturlar va loyixalarning bajarilishiga ta’sir qilmaydi.

   Songnam shahrida 2009 yil 24 noyabrda ikkita aslnusxada, har biri koreys, uzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Memorandumni talqin qilishda ingliztilidagi matndan foydalaniladi.

 

 

 

 

 Koreya Respublikasi                                                      O’zbekiston Respublikasi

 Songnam shahri Meri                                                    Namangan shahar Hokimi