wrapper

Namanganxalqaroaeroporti.

   Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning ilk yillaridan mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz aeroportlari tubdan rekonstruksiya qilinib, eng zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi parki yangi havo kemalari bilan to‘ldirib borilmoqda. Bu dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlari bilan havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro qatnovlar soni hamda yo‘lovchi va yuk tashish hajmining tobora o‘sib borishi, pirovardida iqtisodiy taraqqiyotimizga xizmat qilmoqda. 

   “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining mustaqillik yillaridagi rivojlanish tendensiyalarini Namangan aeroporti misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Davlatimiz rahbari 2004-yilda viloyatga tashrifi chog‘ida Namangan aeroportini ham ko‘zdan kechirib, uni rekonstruksiya qilish bo‘yicha qimmatli maslahat va tavsiyalar bergan, aeroport harqanday shahar yoki viloyatning darvozasi, ta’bir joiz bo‘lsa, uning yuzi ekanini ta’kidlaga nedi. 2005-yil Investitsiya dasturi doirasida qisqa vaqt ichida tubdan rekonstruksiya qilingan Namangan aeroporti Farg‘ona vodiysining ko‘rkam, muhtasham va zamonaviy havo darvozasiga aylandi. – Mustaqillikning dastlabki yillarida Namangan aeroportining faoliyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarish dolzarb vazifaga aylanganedi, – deydi mazkur aeroport direktori Shuhrat Asqarov. – Prezidentimiz tashabbusi bilan hududiy va xalqaro aviatashish bozorida mavqeimizni yuksaltirish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada Namangan aeroporti bugungi zamonaviy qiyofasiga ega bo‘ldi. Rekonstruksiya sharofati bilan xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi oshib, uchuvchi va aeroport ishchi-xizmatchilari, eng muhimi, yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, parvozlar xavfsizligi kuchaytirildi. Dastlabki bosqichda aerovokzal majmuasi kapital rekonstruksiyadan chiqarildi. Ilg‘or arxitektura loyihalari asosida oyna, alkofon, marmar kabi qurilish va bezak ashyolaridan samarali foydalanish natijasida aerovokzal fasadi ko‘rkamlashdi, qishin-yozin yam-yashil bo‘lib yashnab turadigan maysalar, gullar, rango-rang chiroqlar aeroport old maydoniga o‘zgacha go‘zallik va fayz bag‘ishladi. Shuningdek, soatiga ikkiyuz kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega aerovokzal ichkarisida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu yerda yo‘lovchilar uchun alohida zallar tashkil qilindi. Aviachiptalar sotish zali, valyuta ayirboshlash, pochta, onalar va bolalar xonasi, oshxona, bar kabi infratuzilma shoxobchalarida yo‘lovchilarning tegishli xizmat turlaridan foydalanishlari uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Bugungi kunda aeroportda yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda DCS avtomatlashtirilgan dasturi joriy qilingan, xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlari kompyuterlashtirilgan. Rekonstruksiya jarayonida parvozlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi texnik-texnologik modernizatsiya ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, havo transporti harakatlarini boshqarish tizimining radio texnik va radiolokatsion uskunalari yangilandi. Videokuzatuv tizimi joriy etildi. Aeroport samolyotlarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika, avtotransportlar bilan ta’minlandi. – Aerovokzal majmuasida amalga oshirilgan bu ishlar aeroportni to‘liq rekonstruksiya qilish dasturining bir qismi, xolos, – deydi Sh. Asqarov. – Yaqin kelajakda aerodromni va svetosignal uskunalarini tubdan yangilashishlari boshlanadi. Darhaqiqat, ilgari Namangan aeroporti asosan mahalliy reyslar, kichik samolyotlarga xizmat ko‘rsatar edi. Mamlakatimizning xalqaro havo transporti bozoriga dadil kirib borishi, milliy aviakompaniyamiz parkining zamonaviy samolyotlar bilan to‘ldirilishi tufayli bu aeroport ham ulkan havo laynerlarini qabul qila boshladi. Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tizimida yetakchi o‘rin tutadigan, poytaxtimizning “zaxira aeroporti” bo‘lgan ushbu aeroport Il-76, Il-114, Boing-767, Boing -757, Boing -737, A-310, A-319, A-320, A-321 singari yuk va yo‘lovchi tashuvchi havo kemalarini qabul qilmoqda. Aeroportning moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasida mustahkamlashy o‘lida amalga oshirilgan ishlar parvozlar xavfsizligini yanada oshirish, yuk va yo‘lovchi tashishni takomillashtirish, xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda. Bundan tashqari, yonilg‘i quyish va texnik xizmat avtomobillari parki, yonilg‘i ombori va boshqa yordamchi-texnik bo‘linmalarda ham rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Bu aeroport faoliyatining sifat va samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda Namangan aeroporti dunyodagi yirik aviakompaniyalarning muntazam va charter reyslariga xizmat ko‘rsatmoqda.

    Shuningdek, aeroportdan MDHning ko‘plab shaharlariga muntazam qatnovlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda bir necha mamlakatlarning aviakompaniyalari bilan charter reyslari bo‘yicha yuk tashuvchi havo laynerlariga zaxira aeroporti sifatida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzilgani ham Namangan aeroportining xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir. Namangan aeroportida bundan ikki yil avval ISO 9001:2008 sifat menejmenti tizimi tatbiq qilinib, “Sifat menejmenti tizimiga muvofiqlik sertifikati” qo‘lga kiritildi. Parvozlar xavfsizligi darajasini yanada oshirish, aeroport xizmatining barcha turlarini takomillashtirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yo‘lovchilarga yuqori sifatli servis xizmati ko‘rsatishni ta’minlash kabi bir qator dasturiy rejalar izchil amalga oshirilayotir. Bularning barchasi Namangan aeroporti faoliyatining sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.