wrapper

Namangan shahar "Z.M.Bobur" nomli madaniyat va istirohat bog’i

   Z.M.Bobur nomli madaniyat va istirohat bog’iga 1884 yil asos solingan. 1990-yilgacha A.S Pushkin nomi bilan atab kelingan.
   O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Namangan shahriga tashriflari va undan so’ng 2009 yil qabul qilingan 1170-sonli qarorlari asosida bog’ davlat dasturiga kiritilib, 2009 yilda qayta loyixalashtirildi va o’sha yilning oktyabr oyida rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborildi. Bog’dagi 26-ta talabga javob bermaydigan xizmat ko’rsatish obe’ktlari buzib tashlandi. Loyixa qiymati 4 mlrd. 800 mln so’mdan, 3 mlrd 300 mln so’mlik qurilish montaj va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Bugun bog’da 6 ta choyxona va oshxonalar, 9 ta muzqaymoq pavilonlari, shaxmat – shashka klubi, 27 ta zamonaviy attraktsionlar va boshqa ko’plab ko’ngilochar ob’ektlar xizmat qilmoqda. Bog’ xududida 1 gektarlik 1,5 km irrigatsiya tarmoqlari, 1 ta zamonaviy favvora ishlab turibdi. Bog’da ochiq Estrada maydoni, 400 tomoshabinga mo’ljallangan amfiteatr bunyod etilgan. Xududda axolining madaniy dam olish uchun 175 ta o’rindiqlar, 160 ta tungi yoritish chiroqlari o’rnatilgan. Gavjum va sokin xududlar tashkil etilgan. 
   Bog’da 24,5 shtat bo’yicha xodim ishlayapti. Shundan 4 nafari rahbar, 2 nafar texnik xodimlar, 3 nafar gulchi, 1 nafar elektrik-mexanik, 4 nafar qorovul, 1 nafar irrigatsiya ishchisi, qolganlari har xil xizmatlarni bajaruvchi xodimlardir. Bog’ moliyaviy jixatdan to’la o’z xarajatlarini qoplayapti. 2011-yilda 95007 mln.so’m daromad rejalangan bo’lib, 96000 mln so’m qilib bajarildi. Shundan bog’ balansidagi attraktsion va o’yin qurilmalaridan 64000 mln.so’m, ijara va boshqa tushumlar xisobidan 32000 mln.so’m daromad olindi.