wrapper

"Kamolot" yoshlar madaniyat va istirohat bog’i

   Bog’ning bosh rejaloyihasi «Davarxitekqurilish» qo’mitasi bilan kelishilgan holda viloyat arxitektura bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bog’ hududida loyiha asosida qurilish ishlari davom etmoqda. Jumladan, milliy uslubda muzqaymoq paviloni, 50 o’rinlik kafe binosi foydalanish uchun topshirildi. Bog’ atrofiga 640 metr panjara o’rnatildi va bog’ darvozasi qurildi. Bog’ hududida ichimlik suvi va kanalizatsiya ishlari bajarildi. Bog’ hududida 4500 m kv plitkalar o’rnatildi. 3000 m kv asphalt yotqizildi. 2,6 ga maydondagi shag’alli qoplamalar chiqarilib, o’rniga tuproq tashlandi. Irrigatsiya tarmoqlari 2000m LI-40 va LB latoklari o’rnatildi. Bog’ning yuqori qismida chiqish zinapoyasiga marmar terish ishlari yakunlandi.  Navbahor stadionidan odamlar chiqib ketishi uchun zinapoyalar qurilishi tugatildi. 3 ta xorij atrraktsionlari olib kelib o’rnatildi.Jami harajatlar 1519154720 so’mlik xisobotga olingan, hamda 171561200 so’mlik xisobotga olinmagan ishlar bajarildi.