wrapper

 

 

 

 Djamalov G'ofir Oribjanovich

Tug'ilgan vaqti va joyi: 06.09.1974, 

Namangan viloyati, Namangan shahri.

Ma'lumoti: 1997 y. Namangan sanoat-texnologiya institutini (kunduzgi),

2006 y. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini.

 

 

MEHNAT FAOLIYATI

1991-1997 yy. - Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi
1997-1999 yy. - Namangan shahar hokimligining “Iqtisodstat” boshqarmasi mutaxassisi, bosh mutaxassisi
1999-2003 yy. - Namangan shahar hokimligining “Iqtisodstat” boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
2003-2004 yy. - Namangan shahar hokimligining iqtisodiyot boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari bosh mutaxassisi
2004-2005 yy. - Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi - injiniring kompaniyasi direktorining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari
2005-2006 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi
2006-2008 yy. - Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi - injiniring kompaniyasi direktorining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari
2008-2009 yy. - Namangan viloyati hokimligining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish masalalari kotibiyati mudiri
2009-2012 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Demografiya va mehnat bozori boʻlimi bosh mutaxassisi
2009-2017 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining uy joy, kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
2017-2020 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy, kommunal xizmat vazirining oʻrinbosari
2020-2021 yy. - Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari - uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi

2021 y.  -  ҳ.v. - Namangan shahar hokimi