Bugun 12-oktabr kuni Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov shahar sektor rahbarlari bilan bozorlarni ko'zdan kechirmoqda.

Yuqorida xabar berganimizdek bugun 12-oktabr kuni Namangan shahar hokimi G'ofirjon Djamalov shahar sektor rahbarlari bilan bozorlarni ko'zdan kechirmoqda.

Chorsu bozori shaharda joylashgan eng markaziy dehqon bozori hisoblanadi,

shu sabab aholining asosiy qismi aynan shu bozordan o'z ro'zg'orlariga xaridni amalga oshiradilar.

Ushbu katta dehqon bozorining narxi, ko'rinishi va tartibi doimo muhim. Bozor har qanday masalada shahar imidjiga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Shuning uchun bugun shahar rahbarlari bozorni nazorat qilish maqsadida joyda bo'lishdi. Shahar hokimi G'.Djamalov bozordagi aholi uchun qulayliklar, narxlardagi farqlar va mutanosiblikni o'rgandi. Hududdagi tartib va ozodalik masalalari ham bozor ma'muriyati bilan muhokama qilindi.

Ko'zga tashlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan rahbarlar tavsiyasiga ko'ra kelishib olindi.