Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Baynalminalchi jangchi faxriylarni tabriklandi

Bugun Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov hamda Fond ijrochi direktori Shermuxammad Turayevlar Namangan shahridagi Nuroniylar maskanida Namangan viloyati “Keksalarni eʼzozlash” jamoat fondi Namangan shahar filiali tomonidan Namangan shahrida istiqomat qilayotgan bir guruh Baynalminalchi jangchi faxriylarni taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Baynalminalchi jangchi faxriylarni tabriklab, esdalik sovgʻalari va pul mablagʻlari bilan taqdirlashdi.